Kosovo respublikasining beşinçi prezidenti Hoşim Taçi öz lavozimini tark etmoqda, deb xabar berdi AP.
U matbuot anjumanida öz qarori haqida e'lon qilgan. Taçi harbiy jinoyatlar sodir etiş ayblovi böyiça Gaaga sudida javob beriş uçun lavozimini tark etmoqda.
Taçi mamlakatda «prezidentlik yaxlitligini himoya qiliş uçun» şu yölni tutayotganligini aytdi.
Kosovo respublikasi uzoq davom etgan nizolardan söng 2008 yilda Serbiyadan ajralib çiqqanini e'lon qilgan. BMTning yuzdan ortiq a'zo-mamlakatlari uning mustaqilligini qöllab-quvvatlagan.
Hoşim Taçi 1990-yillarda, mustaqillik uçun uruş davrida dala qömondoni va «Kosovo ozodlik armiyasi» rahbarlaridan biri bölgan.
Haagadagi Kosovo böyiça maxsus prokuratura Taçi va «Kosovo ozodlik armiyasi»ning yana bir neça rahbarlariga nisbatan harbiy jinoyatlar sodir etiş ayblovini e'lon qildi.












