Unda söz olgan Obid Hakimov kambağallik mavzusi yaqin-yaqingaça taqiqlangan mavzu bölgani haqida gapirdi.

“Mustaqil bölganimizdan beri bu taqiq mavzu bölgan. Birinçi marta 2020 yilda prezidentimiz tomonidan mana şu mavzu oçildi. Bu haqiqatan ham Özbekistondagi eng oğriqli mavzu ekani va uni hal qilişimiz muhimligi davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga bölgan murojaatnomada aytib ötildi hamda bu narsa haqida gap boşlandi.

Bu borada oldin tadqiqotlar, izlanişlar bölmagan. Şuning uçun ham ilmiy-tadqiqot institutlari, boşqa institutlar bu narsa haqida hali ham öz munosabatlarini bildirgani yöq.

Jahon banki vakillari tomonidan kelajakda sizlar, boşqa vazirliklar bilan birgalikda tadbir ötkazib, aholining mana şu masala yuzasidan xabardorligini oşiriş, ilmiy asoslangan ma'lumotlar bilan ta'minlaş böyiça öz hissamizni qöşsak, degan takliflar ham böldi. Qisqa muddatda bu tadbirni taşkil qilamiz”, - deya Obid Hakimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.