Sönggi paytlarda yorituvçi çiroqlarni ksenon çiroqlarga – qarama-qarşi yönalişda kelayotgan yöl harakati iştirokçilariga noqulaylik tuğdiradigan öta yoruğ çiroqlarga almaştirib olayotganlar köpayyapti. Bu harakatning boşqa iştirokçilariga noqulaylik tuğdirişi barobarida, yöl-transport hodisalarini ham keltirib çiqaradi.
Inspektorlar tomonidan negadir aynan şu qoidabuzarlikka e'tibor kamdek tuyuladi. Bu qoidabuzarlikni aniqlaş ham oson emas: kunning faqat qoronği qismida aniqlaş mumkin, harakatdagi avtomobilning ortidan quviş kerak böladi, aqalli uning raqamini yozib oliş lozim va umuman, bir qator noqulayligi bor jarayon. Bu haqdagi savolga IIV YHXBB boşliğining örinbosari, polkovnik Erali Bozorov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda javob berdi.
«Bu qoidabuzarlikka ma'muriy javobgarlik bor. Transport vositalariga boşqa yoritiş moslamalari örnatiş mumkin emas. Ha, texnik körikdan ötgaç, yoritiş moslamalarini ksenon va yoki boşqa kuçli yoritgiçlarga almaştirib olayotganlar bor. Bunday qoidabuzarliklar tun paytida sodir etiladi. Tungi naryadlarimiz bu holatlarga çek qöyişadi. Statistikaga e'tibor bersak, yil boşidan beri şu kunga qadar 11 mingdan ortiq transport vositalari egalariga nisbatan çoralar körilganini aytiş lozim. Qiyin jihati buni faqat tundagina aniqlaş mumkin», dedi Erali Bozorov.
Bobur Akmalov











