Energetika vaziri Alişer Sultonov 26 oktabr kuni 2020-21 yillar kuz-qiş mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalari hamda strategik obektlarni uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlaş töğrisida vazirlik buyruğini imzolagandi. Unga muvofiq, Toşkent şahrining yuqori bosimli gaz quvurlariga ulangan yirik ulgurji iste'molçilar (vazirlik buyruğiga ilova qilingan röyxat mavjud) «sanoat kollektori»ga ötkaziladi.

Ğişt, ohak, gips va boşqa ijtimoiy ahamiyatga ega bölmagan yirik sanoat korxonalariga şu yilning 1 noyabridan boşlab tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatiladi.

Şuningdek, buyruqda 54ta metan gaz quyiş şoxobçalarining ham grafik asosida kunlik iş faoliyati 12 soatdan oşmasligi ta'kidlangan. Ya'ni 54ta AGTKS 3 guruhga bölinib, har uç kunda bir marta 18ta gaz quyiş şoxobçasi sutkasiga 12 soatdan işlaşi belgilangandi.

Vazirlik axborot xizmati 1 noyabr kuni tarqatgan xabarga köra, AGTKŞning iş tartibiga heç qanday özgartiriş kiritilmagan, ya'ni buyruqda nazarda tutilgan özgariş hozirça hayotga tatbiq etilmayapti.

«Energetika vazirligi 2020 yil 1 noyabrdan çeklovlar joriy etilişi rejalaştirilayogan avtomobillarga gaz quyiş kompressor şoxobçalariga (AGTKŞ) gaz yetkazib beriş şartlari hozirda körib çiqilayotganligini ma'lum qiladi», — deyiladi xabarda.

Toşkentdagi «Pasternak» gastrobari va «Pie Republic» kafesi asosçisi Laziz Ğulomovning UzReport telekanali muxbiriga ma'lum qilişiça, restoratorlar ham ta'minot çeklanişi haqida ogohlantirilmoqda. Ammo tadbirkorlar zudlik bilan iş faoliyatini yangi tartibga moslaştira olmaydi.

«Kafe oşxonasida işlatilayotgan 1 kubometr gaz uçun 1000 söm tölaymiz. Aholi esa xonadonga yetkazib berilayotgan gaz uçun 300 söm atrofida tölov qiladi. Umumiy ovqatlaniş şoxobçasi uçun tölov deyarli 3 baravar qimmat qilib belgilangan. Agar gaz ta'minotidan uzilib, elektr energiyadan foydalansak, xarajatlar yana oşadi», — dedi tadbirkor.

Energetika vazirligi Özbekistonda faoliyat yuritayotgan barça tadbirkorlik sub'yektlari sönggi yillarda ularning muqobil yoqilği turlariga (suyultirilgan gaz, kömir va boşqalar) bosqiçma-bosqiç ötiş dasturi amalga oşirilayotganidan xabardor ekaniga şama qilgan. Vazirlik xabariga köra, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning amaldagi şartnomalarida kuz-qiş davrida gaz yetkazib berişga çeklovlar kiritilişi közda tutilgan bölib, şuning uçun ham ular muqobil yonilği manbalariga ega bölişlari kerak.