Oliy Majlisning bir guruh deputatlari şu masalada Davlat bojxona qömitasi va Moliya vazirligiga deputatlik sörovi yuborgan edi. Ma'lum bölişiça, Davlat bojxona qömitasi sörovga javob yöllab, undagi ma'lumotlar «maxfiy» ekanini bildirgan.
Deputatlar bu javob bilan tanişişdan boş tortişmoqda.
«Davlat bojxona qömitasi tomonidan deputatlik sörovimizga yuborilgan javob maxfiy, ya'ni faqatgina tanişiş uçun belgilangani va jamoatçilikka oşkor qilinişi yoki ma'lumotlardan foydalaniş mumkin emasligi uçun tanişiş huquqidan voz keçdik.
Ma'lumotlar maxfiyligi, hujjat bilan tanişmasdan ham, «UzAuto Motors» AJ va «Jizzax avtomobil zavodi» MÇJ tomonidan import qilinayotgan avtomobillarga milliardlab sömlik imtiyozlar berilayotgani borasidagi şubhalarimizni yana bir bor tasdiqladi. Şunday ekan, bilmayin ham, kuymayin ham dedik», – deb yozdi Doniyor Ğaniyev Telegram-kanalida.
Deputatlik sörovi mualliflaridan biri Rasul Kuşerbayev ham bu holatga munosabat bildirdi.
«Boşqalardan farqli ölaroq, deputat faoliyati oçiq bölib, jamoatçilikni qiziqtirgan masalalar yuzasidan oşkora muloqotlar olib borişni burçimiz, deb bilganimiz sababli kelgusida bizni qandaydir «qörqinçli sir»larni oşkor etib, «yöq obrösi»ni tuşirişda ayblamasliklarini xohladik. Şundoğam, payt poylab turişibdi. Şu nuqtayi nazardan, qölimizga oliş mumkin bölmasa-da, faqat tanişib, keyin jim yurilişi kerak bölgan maxfiy javob bilan tanişişdan boş tortdik», – deb yozdi u Telegram-kanalida.
Deputatlik sörovi 23 oktabr kuni yuborilgan bölib, bojxonaçilar javobi 6 noyabrda olingan. Qonunçilikka köra, deputatlik söroviga u olingan kundan e'tiboran 10 kun muddat içida javob berilişi kerak. Hozirça Moliya vazirligidan javob kelgan-kelmagani ma'lum emas.
«Ayrim monopolistlar manfaatlari uçun imtiyozlar yopiq va maxfiy holda taqdim etilişi mumkinmi?» – deya munosabat bildirdi









