Joriy yil oktabr oyida Özbekistonda Skoda Kodiaq sotuvga çiqariladi. Kun.uz manbasining xabar berişiça, sentabr oyida uşbu avtomobilning taqdimoti bölib ötişi rejalaştirilgan. Uşbu marosimda maşina narxi va boşqa ma'lumotlar rasman e'lon qilinişi kutilmoqda.
Skoda – Jizzakh Auto (Volkswagen Uzbekistan) kompaniyasi VAG konserni lineykasidagi ikkinçi brend hisoblanadi. Özbekistonda sotilişi közda tutilgan Kodiaq yetti kişilik krossover bölib, u Rossiyadagi Volkswagen Group Rus zavodida işlab çiqariladi. Avtomobil oktyabrdan yetkazib berila boşlaydi.
«Dunyoning yil avtomobili» (World Car Of The Year, WCOTY) tanlovi taşkilotçilari avgust oyida ğoliblik uçun kuraşadigan 24ta nomzodni e'lon qilişgan, ular orasida Skoda Kodiaq krossoveri ham bor.



Özbekistonda iyuldan boşlab Volkswagen Caddy tijoriy avtomobillarini sotiş yölga qöyilgan, Volkswagen konserni tomonidan 3 xil namunada taklif qilinayotgan avtomobillar 172 100 000 sömdan boşlanadi.
Avvalroq Volkswagen Caddy, Volkwagen Crafter, Volkswagen Tiguan hamda Skoda Octavia rusumli maşinalar Özbekistonda işlab çiqariş uçun tanlab olingan aytilgandi.
2019 yil yanvar oyida Germaniyaga taşrif buyurgan Şavkat Mirziyoyev mamlakatning yetakçi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazgandi. Ular qatorida Volkswagen rahbariyati ham bölgan. 2020 yilning may oyida Özbekistonga taşrif buyurgan Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer nemis avtomobil işlab çiqaruvçisining özbek bozorida iş boşlaşini qöllab-quvvatlagan.












