Qömita xabariga köra, prezidentning 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4878-son qaroriga muvofiq Baxtiyor Otamurodov Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining örinbosari – “Özbekçorvanasl” agentligi boş direktori lavozimida iş boşladi.
Bunga qadar B. Otamurodov aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boşqaruvi raisining örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, “Özbekçorvanasl” agentligining sobiq boş direktori Abdurasul Abdullayev sentyabr örtalarida Ohangaron tumani hokimi etib tayinlangandi.

















