«Özbekçorvanasl» agentligi direktori Baxtiyor Otamurodov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Baxtiyor Otamurodov / Xalq banki matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, prezident qarorida Otamurodov Namangan viloyatiga xizmat safari paytida mehmonxonada sodir etgan nomaqbul xatti-harakatlari va faoliyatidagi boşqa kamçiliklari uçun işdan olingani aytilgan.

Avgust oyida Otamurodov Namangandagi mehmonxona xodimlarini haqoratlab, ularga buyum uloqtirayotgani aks etgan video tarqalgandi.

Baxtiyor Otamurodov muqaddam Xalq banki boşqaruvi raisining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, 2020 yil noyabrida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining örinbosari – «Özbekçorvanasl» agentligi boş direktori lavozimiga tayinlangandi.