Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, sessiya işida viloyat hokimi Rustam Xolmatov, viloyat sektor rahbarlari iştirok etmoqda.

Viloyat hokimi tuman hokimi lavozimiga Abdurasul Abdullayev nomzodini tavsiya qildi. Uşbu nomzod sessiya iştirokçilari tomonidan tasdiqlandi.

Abdurasul Abdullayev 1968 yil Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida tuğilgan. 1991 yili Toşkent Xalq xöjaligi institutini tamomlagan.

Markaziy bank Samarqand viloyati Boş boşqarmasi boşliği, «Ipoteka-bank» ATIB boşqaruvi raisi, «Özsanoatqurilişbank» OATB boşqaruvi raisi sifatida işlagan. 2014 yilda Özbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boşqaruvi raisi etib tayinlangan. 2019 yilda  u Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari — «Özbekçorvanasl» agentligi direktori etib tayinlangan.

Ohangaron tumaniga 2019 yil yozidan buyon Abduvohid Turdiboyev hokimlik qilib kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, 15 sentabr kuni Piskent tumani «törtligi» iş faoliyatida yöl qöygan kamçiliklari uçun işdan olingandi.