Savdo-sanoat palatasi Toşkent şahar hududiy boşqarmasi tomonidan uşbu korxona manfaatini közlab zararning 3 mlrd 270 mln söm qoplanmay qolgan qismini undiriş yuzasidan Toşkent viloyati, Çirçiq tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo arizasi kiritilib, sudning 2020 yil 28 may kunidagi hal qiluv qaroriga asosan javobgar – Qibray tuman hokimligi hisobidan da'vogar – «SM GRAND GIGANT STROY» MÇJ foydasiga zararning 3 mlrd 270 mln söm miqdoridagi qoplanmay qolgan qismi undirilişi belgilangan.
Mazkur hal qiluv qarori 2020 yil 29 iyundan qonuniy kuçga kirgan bölib, unga köra, 2020 yil 29 iyun kuni Çirçiq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ijro varaqasi qabul qilingan va ijrosini ta'minlaş uçun MIB Qibray tuman bölimiga va Qibray tumani moliya bölimlariga elektron şaklda yuborilişi ta'minlangan.
Ammo, tahririyatga murojaat qilgan MÇJ vakili I.Aslonov oradan 4 oy ötib ham, kompensatsiyaning qolgan qismi tölab berilmayotganidan yozğirdi. Uning aytişiça, MÇJ sud hujjati ijrosini ta'minlaşni sörab, 2020 yil 8 iyul kuni xat bilan Qibray tuman moliya bölimiga hamda MIB Qibray tuman bölimlariga rasman murojaat qilingan.
Ijro hujjati berilganiga 4 oydan oşgan bölsa-da, bu taşkilotlar tomonidan yuqoridagi sud qarorini bajariş paysalga solib kelinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yildagi qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari böyiça undiruvni Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablağlariga va budjet taşkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, ijro hujjati böyiça davlat budjetidan mablağlar oliş uçun ijro hujjatida kimning foydasiga budjet mablağlari ötkazilişi nazarda tutilgan bölsa, öşa şaxs arizani (agar ijro hujjatida mablağlarni tuman budjetidan undiriş nazarda tutilgan bölsa) tuman hokimligining moliya bölimiga taqdim etişi belgilangan.
2020 yil 8 iyul kuni «SM GRAND GIGANT STROY» MÇJ tomonidan Qibray tumani moliya bölimiga ariza taqdim etilgan bölsa-da, ijro hujjati nega hanuzgaça ijro etilmayotganini aniqlaş uçun yuqori turuvçi organ – Toşkent viloyati moliya boşqarmasiga boğlandik.
Moliya boşqarmasi vakili uşbu holatda kompensatsiyani moliya bölimi emas, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi 1047-son qarorida nazarda tutilgan tartibda davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş böyiça markazlaştirilgan hududiy jamğarma tölab berişi lozimligini, summani undiriş uçun taşkilot uşbu jamğarmaga ariza bilan murojaat qilişi lozimligini bildirdi.











