Rossiya raisligida ötkaziladigan uşbu uçraşuv kun tartibidan yangi global xatar va tahdidlarning kuçayişi şaroitida ŞHT doirasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari örin olgan.

Taşkilotga a'zo va kuzatuvçi davlatlar delegatsiyalarining rahbarlari ustuvor yönalişlarda köp tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiladilar, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşadilar.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş ham sammit iştirokçilariga videomurojaat yöllaşi kutilmoqda.

Majlis yakunida ŞHT doirasida, şu jumladan xavfsizlikni ta'minlaş, iqtisodiy kooperatsiya, raqamli texnologiyalarni joriy etiş, qişloq hududlarni rivojlantiriş, epidemiyalarga qarşi samarali kuraşiş va boşqa sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan Moskva deklaratsiyasi va hujjatlar töplamining qabul qilinişi rejalaştirilgan.