DXX Samarqand viloyati boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi hamkorligida Samarqand şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti xodimi 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. U mazkur pul mablaği evaziga tanişlarining yordami orqali fuqaroni Rossiyaning Qozon Federal universitetining turizm fakultetiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

DXX va Departament xodimlarining Sirdaryo viloyatida ötkazgan tezkor tadbirida esa viloyat kardiologiya dispanserida boş hisobçi lavozimida işlovçi şaxs mahalliy fuqaroni Qozoğiston Respublikasidagi tanişlari orqali Çimkent şahridagi oliy ta'lim muassasasining iqtisodiyot yönalişiga öqişga kiritib qöyiş evaziga undan 2700 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. 

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.