Belarus britaniyalik diplomatlar – harbiy attaşe Timoti Uayt Boykott va elçi örinbosari Liza Tamvudni persona non grata deb e'lon qildi.

“8 noyabr kuni Belarus taşqi işlar vazirligi diplomatik agent, diplomat maqomi hamda Belarusda böliş maqsadiga muvofiq bölmagan faoliyati uçun Buyuk Britaniya elçixonasining ikki nafar diplomatini persona non grata deb e'lon qilişga qaror qildi”, – dedi Belarus taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz.

 Uning ta'kidlaşiça, bu “qaror majburan va mazkur şaxslarning tasdiqlangan buzğunçi tusdagi faoliyatini inobatga olgan holda qabul qilingan”.

 Xabar qilinişiça, “bu şaxslar Belarusdagi içki siyosiy vaziyat va noroziliklar töğrisida ma'lumot töplaşgan”.

“Mavjud ma'lumotlarga köra, diplomatlar joriy yilning may oyidan buyon muxolifat va jamoat, huquqni himoya qiliş taşkilotlari hamda nohukumat tuzilmalar vakillari bilan köp marta uçraşişgan. Harbiy attaşe bu maqsadda regionlarga bir neça marta kelgan”, – deyiladi ONT kanali xabarida.

Elçi örinbosari esa “prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayaning saylovoldi ştabi faoliyati va norozilik namoyişlarini yoritiş uçun Belarusga kelgan Bryusseldagi VVS byurosi jurnalistlarining işlarini muvofiqlaştirib turgan”.

ONT telekanalining ma'lumot berişiça, diplomatlar Belarusni tark etişgan.