“Sizga Kristofer Miller, Terrorçilikka qarşi kuraşiş milliy markazining çuqur hurmatga ega rahbari şu ondan boşlab Mudofaa vaziri lavozimini bajarişini ma'lum qilişdan xursandman. Kris bu işni ajoyib uddalaydi! Mark Esper öz lavozimidan olindi. Unga xizmati uçun minnatdorlik bildirib qolaman”, – deb yozgan Tramp tvitterda.
56 yoşli Esper uşbu lavozimni 2019 yil iyulidan beri egallab kelayotgandi.
Biroq Miller ham uşbu lavozimda uzoq qolmasligi ehtimoli bor, çunki AQŞ prezidenti saylovlarida ğalaba qozongani e'lon qilingan Jo Bayden uşbu lavozimga öz odamini tayinlaşi mumkin.
Avvalroq OAVda Esper iste'foga çiqişni öylayotgani haqida xabarlar paydo bölgandi. Bunga esa Tramp va u orasida yozda boşlangan ziddiyat sabab bölişi mumkinligi aytilgan. AQŞ Prezidenti armiya mamlakatdagi tartibsizliklarni bostiriş bilan şuğullanişini istagan, biroq Esper bunga qarşi çiqqan.












