Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqinda ish boshlagan Belarus AESi faoliyatini to‘xtatdi
BelAESning birinchi bloki 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Foto: Vasiliy Felosenko / Reuters
Belarus atom elektr stansiyasi (BelAES) elektr energiyasi ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda Belarus favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Oleg Sobolev ma'lum qildi.
«Elektr energiyasini generatsiya qilish to‘xtatildi, ammo bu yadroviy va radiatsion xavfsizlikka hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi», — dedi Sobolev.
9 noyabr kuni birinchi energiya blokida texnik tusdagi muammolar paydo bo‘lgani xabar qilingandi. Qator Telegram-kanallarning yozishicha, bu BelAES tantanali ravishda ochilganidan keyinoq yuz bergan. Xabarlarda aytilishicha, kuchlanish transformatori ishdan chiqqan.
BelAESning birinchi bloki 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Shu bilan birga, Litva prezidenti Gitanas Nauseda YeI yetakchilariga Belarus AESida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Yevropa bozoriga kiritmaslik chaqirig‘i bilan murojaat qildi.
Litvaning ta'kidlashicha, BelAES loyihasi yadro energetikasi sohasidagi xalqaro talablar buzilgan holda amalga oshirilgan. Litva parlamenti mazkur AESni milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi hamda u yerda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish hamda elektr tarmoqlari orqali o‘tkazishni taqiqladi.
Mavzuga oid
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
17:20 / 28.03.2026
AESda vodorodli portlashdan himoya qoidalari tasdiqlandi
20:56 / 25.03.2026
O‘zbekistonda kichik AES qurilishi Rossiya kompaniyalarini 2 trillion rublgacha buyurtmalar bilan ta’minlaydi – Lixachyov
17:34 / 24.03.2026