AQŞning Apple kompaniyasi 10 noyabrda kompyuter va noutbuklar uçun möljallangan öz protsessori M1’ni va u asosida işlab çiqilgan MacBook Air va MacBook Pro noutbuklarini taqdim qildi.

Taqdimotda ta'kidlanişiça, M1 protsessori Mac kompyuterlari uçun maxsus işlab çiqilgan birinçi çipdir.

Kompaniyada M1 protsessorlarida işlab çiqilgan Mac kompyuterlari “kompaniya uçun yangi davr bölişi” aytildi. 

8 yadroli protsessor 5-nanometrli texnologik jarayon böyiça işlab çiqilgan. Apple’ning protsessorlar işlab çiqariş bölimi boşliği Jon Şrujining ta'kidlaşiça, M1’da yangi texnologiyalar böyiça aqlbovar qilmas unumdorlikni ta'minlaş uçun 16 mlrd dona tranzistor örnatilgan. Protsessor yordamida bir soniyada 11 trillion amalni bajariş mumkin.

Yangi protsessorda işlovçi birinçi kompyuterlar 13 dyuymli MacBook Air va MacBook Pro noutbuklari hamda Mac mini nettopi böldi.

MacBook Air 2 Tb doimiy va 16 Gb tezkor xotiraga ega hamda qayta quvvatlanişsiz 18 soatgaça işlay oladi. Ta'kidlanişiça, noutbukda kuler bölmaydi va şu sababli u “umuman şovqinsiz” işlaydi. Noutbukning bazaviy modifikatsiyasi 999 dollar turadi. 

MacBook Pro noutbugi ham 2 Tb doimiy va 16 Gb tezkor xotiraga ega böladi. Uning boşlanğiç narxi 1299 dollarni taşkil qiladi. Qurilma qayta quvvatlanişsiz 20 soatgaça işlay oladi.

Kompaniya yangi protsessor bilan işlaş uçun Mac OS Big Sur operatsion tizimini işlab çiqdi. 

Apple iyunda özi işlab çiqqan protsessorda işlovçi kompyuter va noutbuklarni işlab çiqarişini ma'lum qilgandi. Öşanda kompaniya rahbari Tim Kuk buni “kompaniya uçun tarixiy on bölişini” aytgandi. Bungaça kompaniya kompyuterlari va noutbuklarida 15 yil davomida Intel protsessorlari qöllab kelingan. 

Uşbu taqdimot Apple’ning kuzda ötkazgan uçinçi taqdimoti böldi. Kompaniya sentyabrda ötgan birinçi taqdimotida Apple Watch Series 6, SE aqlli soatlari, iPad va iPad Air planşetlarini namoyiş qilgandi. Oktyabrda ötgan ikkinçi taqdimot esa töliq iPhone smartfonlariga bağişlangandi. Kompaniya unda 4 ta yangi smartfoni: 12 mini, 12, 12 Pro va 12 Pro Max’ni namoyiş qilgan.