Brent navli neftning bir barreli narxi sentyabrdan beri birinçi marta 45 dollardan yuqori böldi.

Neft bozoridagi ijobiy ösişga koronavirusga qarşi vaksina sinovdan muvaffaqiyatli ötgani töğrisidagi xabar sabab böldi. Avvalroq Pfizer va BioNTech kompaniyalari işlab çiqqan vaksinaning samaradorligi 90 foizni taşkil etgani xabar qilingandi.

Ommaviy vaksinatsiya rivojlangan davlatlardagi çeklov çoralarini bekor qiliş imkonini beradi. Bu esa neftga bölgan talab oşişiga olib keladi.

Qayd etiş joiz, aynan vaksina muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgani töğrisidagi xabardan söng texnologiya kompaniyalarining aksiyalari narxlari tuşib ketgandi.