Operator 10 oy içida 1200 dan ortiq yangi va modernizatsiya qilingan tayanç stansiyalarini işga tuşirdi hamda investitsiya loyihalarini amalga oşirişga tayyorlanmoqda. 

Mobiuz mobil aloqa operatorini rivojlantiriş strategiyasi barqaror ösişga hamda abonentlar uçun yangi texnologiyalar va imkoniyatlarni joriy etişga qaratilgan. 2019-2021 yillarga möljallangan rivojlaniş konsepsiyasi doirasida kompaniya respublikadagi tarmoqlar qamrovini kengaytiriş va siğimini oşirişga muvaffaqiyatli tarzda sarmoya kiritmoqda. 

Joriy yilning yanvaridan oktyabrigaça bölgan davrda operator 1 200 dan ortiq yangi va modernizatsiya qilingan tayanç stansiyalarini efirga uladi. Şu bilan birga, 4G LTE tarmoği har kuni qamrov doirasini kengaytirmoqda: 2019 yilda u yirik şaharlarda, viloyat va tuman markazlarida va bir qator qişloqlarda amal qilgan bölsa, endilikda çekka hududlarga törtinçi avlod tarmoğini olib kiriş ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. 

Bu yili Oltinköl tumani Jalobek QFY (Andijon viloyati), Buxoro tumani Novmetan qişloği (Buxoro viloyati), Mirzaçöl tumani Mirzadala qişloği (Jizzax viloyati), Uçköprik tumani Turğok qişloği (Farğona viloyati), Xatirçi tumani Yangirobot qişloği (Navoiy viloyati) va boşqa köplab aholi punktlari aholisi Mobiuz’ning 4G LTE tarmoğidan foydalana boşladi. 

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 avgustda qabul qilingan "2020-2021-yillarda Farğona viloyatining Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni ijrosi doirasida Söxdagi aloqa sifatini yaxşilaşga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu yerda ikkita 3G tayanç stansiyasi işga tuşirildi hamda LTE uskunalarini örnatiş böyiça tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Bundan taşqari, kelgusi yilda uşbu hududni yanada yaxşi qamrab oliş uçun ikkita yangi tayanç stansiyasini örnatiş rejalaştirilgan. 

Ma'lumotlarni uzatiş xizmati sifatini yanada oşiriş maqsadida kompaniya taşqi Internet-kanalni kengaytirib bormoqda – joriy yilning yanvar oyiga nisbatan uning imkoniyatlari 36,4 foizga ösdi. Şu bilan birga, kompaniya mutaxassislari Mobiuz’ning xalqaro Internet-kanaliga töğridan-töğri ulanişini ta'minlaş uçun Xalqaro paketli kommutatsiya markazini yaratiş ustida iş olib borişmoqda. 

Kompaniyaning texnik rivojlanişi va respublikamiz hududlarida LTE’ni faol ravişda joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar transport tarmoğini ham albatta qamrab oldi. Yil davomida yangi tayanç stansiyalar uçun radiorele (RRL) intervallarini quriş işlari olib borilmoqda. Yaqin muddatlarda Ceragon kompaniyasining (Isroil) uskunalarini örnatgan holda 9 ta viloyatda RRL intervallarini modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan.