Davlat statistika qömitasi xabariga köra, aholini röyxatga oliş tadbiri keng kölamli, köp vaqt va katta mablağ talab etadigan tadbir bölib, uni ötkaziş uçun 2-3 yil davomida tayyorgarlik işlarini olib boriş kerak.
“Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini röyxatga oliş tadbiri ilk bor ötkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik köriş va uni sifatli ötkaziş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini röyxatga oliş tadbiri 2023 yilda ötkazilişi belgilandi”, - deyiladi qömita xabarida.
Şuningdek, bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli köpgina davlatlar aholini röyxatga olişni ötkaziş muddatlarini keyingi yillarga köçiriş çoralarini körayotgani aytiladi.
Ta'kidlanişiça, 2020 yilda Rossiya, Qozoğiston va Armanistonda ötkazilişi rejalaştirilgan aholini röyxatga oliş tadbirlari 2021 yilga köçirildi.

















