«Ular qaysi guruhga mansubligiga köra belgilangan muddatlarda tibbiy köriklardan ötişi va salomatligi davriy kuzatuvga olinişi nazarda tutilmoqda. Xususan, yuqori xavf guruhiga kiruvçi va mustaqil ravişda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinib, uyiga borgan holda individual patronaj amaliyoti joriy etiladi.

Şuningdek, profilaktik köriklar örniga hududning öziga xos xususiyatlari va aholining qaysi guruhga mansubligidan kelib çiqib, muayyan kasalliklar böyiça muntazam tibbiy skrining tekşiruvlari taşkil etilişi, patronaj köriklarini maqbullaştirib, yangilangan maqsadli patronaj tizimini joriy qiliş belgilandi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.