Özbekistonda barça oliy ta'lim muassasalarida öquv jarayonlari 16 noyabr, duşanba kunidan e'tiboran an'anaviy şaklda davom ettiriladi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining 12 noyabrdagi qaroriga asosan, an'anaviy ta'lim jarayonlari OTMlar tomonidan işlab çiqilgan çora-tadbirlar va reja-grafik asosida olib boriladi.

Eslatib ötamiz, oliy ta'limda an'anaviy şaklga qaytiş haqida 17 oktyabr kuni boş vazir örinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi yiğilişda qaror qilingandi.

Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusga çalingan ilk bemor aniqlangaç, 16 martdan boşlab barça ta'lim muassasalari karantinga yopilgan, öquvçi va talabalar ta'tilga jönatilgan edi. Bir neça haftalik ta'tildan söng darslar masofaviy tarzda davom ettirildi. Yangi öquv yili maktablarda gibrid (ham masofaviy, ham an'anaviy) şaklda, OTMlarda esa masofaviy tarzda boşlangandi.

Ötgan hafta ayrim xususiy OTMlarda, jumladan Toşkentdagi Yodju texnika institutida 1-bosqiç talabalari an'anaviy şaklda ta'lim ola boşlagandi.