AFP axborot agentligi ma'lumotlariga köra, halokat 6 nafar amerikalik, bir nafardan fransiyalik va çexiyalik harbiy hayotini olib ketgan. Ma'lum qilinişiça, UH-60 Black Hawk vertolyoti razvedka parvozini amalga oşirayotgan vaqtda yarimorol janubidagi Tiran oroli yaqinida qulagan. Fojianing dastlabki sababi sifatida texnik nosozlik aytilgan.     

Vertolyot xalqaro tinçlikparvar missiyasi MFÖga tegişli bölgan. Uşbu missiya Misr va Isroil örtasidagi 1979 yilda imzolangan tinçlik sulhi bajarilişi ortidan kuzatuv olib boradi va Sinayda 1982 yildan beri joylaştirilgan. Uning tarkibiga 12ta davlat harbiylari kiradi. MFÖda öz vertolyotlaridan biri halokatga uçragani tasdiqlangan, biroq tafsilotlar keltirilmagan.