
Tarqalgan audio parçasida viloyat hokimi dastlab jurnalistlar haqida gapiradi.
«Ötgan kuni jurnalistlar bilan press-konferensiya ötkazdim. 50 ta taşkilotni çaqirişibdi, şular bilan savol-javob qilamiz, deb. Hammasini haydab yubordim.
Men bilan savol-javob qiliş deyapman, men javob beraman. Bular hammasi mening topşiriğimni bajargan. Nima savoling bölsa ber. Ikki yarim soat gapirgandim. Savol berişolmadi bittasi ham.
Endi dedim, qiziği çiqmay qoladi, dedim. Bir-ikkita savol berib qöyinglar, dedim. «Qiçiq» savol bergisi keldi-da. Sözimni boşida aytib qöydim: «Eşitişib ol, Toşkentdan kelgan bölsang ham, qayerdan kelgan bölsang ham, men işlaydigan hokimman», dedim. «Hamma narsamni, soğliğimni ham tikib qöyayapman», dedim. «Menga qiçiq savol berişmagin», dedim. «Normalniy» savol ber, normalniy gaplaşamiz», dedim. «Agar qitiğimga tegsang, men qöyvoraman», dedim.
«Qattiqroq gapirib yuboraman, ertaga hammayoq sensatsiya bölib ketadi. Normalniy, soğ odamga öxşab gaplaş men bilan», dedim.
Baribir ularniki qözib turadi-yu, aylantirib kelgandi bir-ikkitasi, tarsillatib urib qöyganimdan keyin heç narsa deyolmasdan uyoqqa borib, boşqa familiya bilan bir narsalar çiqarib yotibdi.
E, erkakmisan, hezalak, özingni nomingdan yoz! Menga Hasanboy kelib qatnaşyapti, uyoqqa borib Husanboyning nomidan çiqarişyapti», – degan Şuhrat Abdurahmonov.
Andijon viloyati hokimi audio davomida Marhamat tumanidan bölgan uç ayolni 15 sutkaga qamatganini aytadi.
«Çarçab çiqsam, 5-6 odam qabulda turgan ekan, qabul qilmayman, dedim. Keyin ular rosa şallaqilik qildi öşa yerda. Mana hozir şunaqa «miliy» bölib ötirişibdi 15 sutkaga qamatib qöyganimdan keyin...
Keçaginda Marhamatda yiğiliş ötkazsam, taşqarida bittasi baqiryapti. Çiqsam, beşta şallaqi. Ikkitasi nogiron, uçtasi anaqa. Nogironga tegmadim, uçovini olib kirib tiqib qöydim 15 sutkaga. Ana, marhamatliklar bölsa aytsin: şunaqa jimjit bölib qoldi Marhamat ham.
Marhamatga kelganda yuragim bezillardi. 5-6ta xotinning dastidan. Tiqib qöydim oborib. Hamma narsani gapiraveradimi?
Oğziga zeb beruvdi. Şart hujjat qildirdim, olib kirittirib qöydim. Viloyat hokimiga, prezident vakiliga sassiq gapirgani uçun. Davlat bor, Xudoga şukr», – degan Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov «tarbiyaviy soat»ida.











