United Launch Alliance kompaniyasi Kanaveral burunidan NROL-101 maxfiy sun'iy yöldoşini taşuvçi Atlas V oğir raketasini uçirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, sun'iy yöldoş AQŞ milliy harbiy-kosmik razvedka boşqarmasiga qaraşli.

Sun'iy yöldoşning maqsadi, orbitasi, ölçami va boşqa xususiyatlari ma'lum qilinmagan. Uning narxi milliard dollar deb baholanmoqda.

Bunday turdagi sun'iy yöldoşlarning missiyasi va imkoniyatlari sir saqlanadi.

Ma'lumotlarga köra, oğirligi olti tonnaga yetadigan NROL-101 radioelektron razvedka sun'iy yöldoşi hisoblanadi.