Oqdaryo tuman markazi Loyiş şaharçasining Amir Temur köçasida joylaşgan «Oqdaryo Savdo kompleksi» MÇJga qaraşli buyum bozorida 12 noyabr, payşanba kuni soat 18:25 atrofida yonğin sodir böldi.
Kun.uz muxbirlari hodisa yuz bergan joyda bölib, dökonlari yonib kul bölgan savdogarlar, öt öçiruvçilar va voqea guvohlariga mikrofon tutişdi.


Oqdaryo tuman FVB yonğin-qutqaruv qismi hodisa haqida xabar kelib tuşgaç, yonğin sodir bölayotgan joyga 2 ta öçiriş maşinasi 6 daqiqada yetib borganini iddao qilmoqda. Yonğinni öçirişda Iştixon tumanidan bitta, Samarqand şahridan 2 ta öçiriş maşinasi jalb qilingan, – deydi tuman FVB boşliği örinbosari Şohrux Mahmudov.

Zarar körgan dökondorlar bor-budi kuyib kul bölganini aytişmoqda. Şuningdek, ular öt öçiriş xizmatining sust işlaganidan juda norozi. Ular voqea joyiga çaqiruv qönğiroğidan söng yarim soat ötgaç yetib kelgan. Iş qurollari köngildagidek bölmagan, öt öçiriş maşinalarining şlanglari teşilib yotganini körişganini aytişmoqda.

Dökondorlar savdosini yölga qöyiş va dökonni ta'mirlaş uçun davlat yordam berişini istaşmoqda. Çunki ularning har biri körgan zarar kamida 70–80 million sömni taşkil etmoqda. Boz ustiga, hali yongan dökonni ham ta'mirlaş kerak böladi.

Voqea guvohi bölgan bozor qorovuli Şarof Islomovning aytişiça, şu kuni soat 18 dan ötganda elektr çiroği öçib qolgan. Dökonlarni aylanib tekşirib yurganida, ulardan birida yonğin bölayotganini körgan. Öt öçiriş xizmatiga qönğiroq qilingan, yonğinni çelakda suv taşib özlari öçirişga harakatni boşlaşganda, olov tepaga örlab, butun dökonni qoplab olgan. Qorovulga köra, öt öçiriş maşinalari 25-30 daqiqada yetib kelgan. Bu vaqtda olov qöşni dökonlarni ham qamrab olgan edi.


















