Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Toğli Qoraboğdagi Fuzuliy va Jabroil şaharlariga taşrif buyurdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugun Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va birinçi xonim Mehribon Aliyeva ozod qilingan Fuzuliy va Jabroil tumanlariga, xususan Fuzuliy va Jabroil şaharlariga taşrif buyurdi", – deyiladi xabarda.

Şuningdek, YouTube’da prezident korteji Horadiz şahrida ham yurganligi tasvirlangan videolavha joylaştirilgan.

Unda Aliyev avtomobillardan biridan harbiy libosda tuşganligi va atrofdagi odamlar bilan salomlaşgani aks etgan.

Eslatib ötamiz, 9 noyabrda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toğli Qoraboğda öt oçişni töxtatiş töğrisida bayonot imzoladi. Unga köra, Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, mintaqada rossiyalik tinçlikparvarlar joylaştiriladi.