Ma'lum bölişiça, tergovda dastlabki e'lon qilingan ayblov töldirilib, G.Yöldoşevaga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi, 209-moddasi 2-qismi «a» bandi, 25-167-moddasi 3-qismi «a» bandi, 207-moddasi 3-qismi «a» bandi, 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilingan.

G.Yöldoşevaning advokati Xuşnud Ahrorovning ma'lum qilişiça, himoyasi ostidagi şaxs e'lon qilingan ayblovlarga iqror emasligini, özining aybsiz ekanligini va barça e'tirozlarini sudda bayon etişini aytgan.

Jinoyat işi böyiça sud muhokamalari qaçon boşlanişi hozirça ma'lum emas.

Eslatib ötamiz, koronavirusga çalingan bemor ölimi va 250 mln söm budjet mablağlarini talon-toroj qilganlikda ayblanib qamoqqa olingan Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşevaga nisbatan jinoyat işi şu yil 11 avgustda Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan qözğatilgan. 8 sentyabrga kelib, ehtiyot çorasi sifatida ayblanuvçi qamoqqa olingan edi. Uning qamoqqa olinişi jamoatçilik örtasida keng muhokamalarga sabab böldi. Bir qator davlat va nodavlat taşkilotlarning rahbarlari mazkur hodisaga munosabat bildirib, prokuraturani şifokorga nisbatan qöllanilgan ehtiyot çorasi özgartirişga çaqirgandi.

U oktyabr oyi boşida qamoqdan ozod etilgan, unga nisbatan qöllangan qamoq ehtiyot çorasi sud ajrimi bilan uy qamoğiga almaştirilgandi.