Sport | 15:22 / 17.11.2020
5502
3 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya va Germaniya yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurashadi, Modrich Ronalduga qarshi. Millatlar ligasi so‘nggi tur anonsi

Seshanba va chorshanba oqshomida Yevropa maydonlarida UYeFA Millatlar ligasi so‘nggi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkazilib, turnirning final bosqichi va quyi ligalariga tushadigan jamoalar nomi ma'lum bo‘ladi.

«A» liga 1-guruhidagi Bosniya – Italiya va Polsha – Niderlandiya uchrashuvlaridan keyin guruhdan final bosqichiga yo‘llanma oladigan jamoa nomi aniqlanadi. Bu borada 9 ochkoga ega Italiya va 8 ochko yiqqan Niderlandiyada yaxshi imkoniyat saqlangan. 

«A» liga 2-guruhida esa Belgiya guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan. Martinez shogirdlari hisobida 12 ochko bo‘lsa, Daniya 10 ochko yiqqan. Angliya 7 ochko bilan peshqadamlik uchun imkoniyatni boy berdi. Bu turdagi Belgiya – Daniya bahsi guruh g‘olibini aniqlab beradi.

«A» liga 3-guruhida esa Fransiya muddatdan avval vazifani uddaladi. Dide Desham shogirdlari Portugaliyani mag‘lub etib, ochkolari sonini 13taga yetkazgan. So‘nggi turda Fransiya – Shvetsiyaga qarshi maydonga tushsa, Portugaliya safarda Xorvatiya mehmoni bo‘ladi. Bu bahslarda so‘nggi o‘rin egalari o‘z guruhlaridan quyi guruhga tushib ketmaslik uchun to‘p surishadi.

Turning markaziy qarama-qarshiligi «A» liganing 4-guruhida kuzatiladi. Guruhdan chiqish yo‘llanmasi uchun Ispaniya va Germaniya o‘zaro maydonga tushishadi. Ushbu juftlik g‘olibi turnir yarimfinalining so‘nggi ishtirokchisiga aylanadi. Nemislar 5 o‘yindan keyin 9 ochkoga ega bo‘lsa, ispanlarda 8 ochko mavjud. Ukraina va Shveytsariya 3-4-o‘rinlarni band etgan.

Ma'lumot uchun, A liganing to‘rtta guruhi g‘oliblari Millatlar ligasining final qismiga (yarimfinal, 3-o‘rin uchun o‘yin va final) yo‘llanma olishadi. B, C va D liga g‘oliblari yuqoriroq ligalarga ko‘tarilishsa, A va B ligalarida so‘nggi o‘rinni band etgan milliy jamoalar pastki ligaga ravona bo‘ladi.

17 noyabr (seshanba)
A3. 00:45. XORVATIYa – PORTUGALIYa (UzReportTV)
A3. 00:45. FRANsIYa – ShVeTsIYa
A4. 00:45. ISPANIYa – GeRMANIYa (FutbolTV)
A4. 00:45. ShVeYTsARIYa – UKRAINA
C1. 00:45. LYuKSeMBURG – OZARBAYJON
C1. 00:45. CheRNOGORIYa – KIPR
D1. 00:45. ANDORRA – LATVIYa
D1. 00:45. MALTA – FAReR
D2. 00:45. GIBRALTAR – LIXTeNShTeYN

18 noyabr (chorshanba)
C4. 20:00. ALBANIYa – BeLARUS
C4. 20:00. QOZOG‘ISTON – LITVA
C2. 22:00. ARMANISTON – Sh.MAKeDONIYa
C2. 22:00. GRUZIYa – ESTONIYa
A1. 22:45. BOSNIYa – ITALIYa
A1. 00:45. POLShA – NIDeRLANDIYa
A2. 00:45. BeLGIYa – DANIYa
A2. 00:45. ANGLIYa – ISLANDIYa
B1. 00:45. AVSTRIYa – NORVeGIYa
B1. 00:45. Sh.IRLANDIYa – RUMINIYa
B2. 00:45. CheXIYa – SLOVAKIYa
B2. 00:45. ISROIL – ShOTLANDIYa
B3. 00:45. SeRBIYa – ROSSIYa
B3. 00:45. VeNGRIYa – TURKIYa
B4. 00:45. IRLANDIYa – BOLGARIYa
B4. 00:45. UELS – FINLANDIYa
C3. 00:45. GRUZIYa – SLOVeNIYa
C3. 00:45. KOSOVO – MOLDOVA.

Mavzuga oid

E`lonlar