Aleksey Navalniy Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovni sudga berdi. Bu haqda «Kommersant'» naşri yozmoqda.

Xabar qilinişiça, da'vo işi 16 noyabr kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari portalida e'lon qilingan. 

Ma'lumot berilişiça, da'vo arizasi sudyaga kelib tuşgan. Arizani kim körib çiqişi xabar qilinmagan.

Peskov oktyabr boşida Navalniy bilan AQŞ markaziy razvedka boşqarmasi xodimlari işlayotgani, unga allaqanday körsatmalar berişayotganini aytgandi. 

Şundan söng Navalniy prezident matbuot kotibini sudga bermoqçi ekanligini aytgandi. U şuningdek, özining Amerika maxsus xizmati bilan işlaşi töğrisida dalil körsatilişini talab qilgandi.  

Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda özini yomon his qilgan va samolyot Omsk şahriga favqulodda qönişga majbur bölgandi. Zaharlaniş taşxisi bilan kasalxonaga tuşgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Şarite» klinikasiga olib ketilgaç, 7 sentyabrgaça koma holatida böldi. Keyinçalik oyoqqa turgan Navalniy özining zaharlanişi şaxsan Vladimir Putinning topşiriği bilan amalga oşirilganini aytgan.