Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 3 ming tonna bug‘doy yubordi
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘iziston xalqiga do‘stona yordami yo‘lida tashkil etilgan insonparvarlik karvoni jo‘natildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yil 17 noyabr kuni 3 ming tonna bug‘doy ortilgan poyezd Andijon shahrining «Andijon» temir yo‘l bekatiga yetib keldi.
Xabarda aytilishicha, poyezd «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati hamkorligida Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘l oladi.
Joriy yil 15 noyabr kuni O‘zbekiston hukumati maxsus samolyotida Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborilgandi.
«Unda 100 ming juft bir martalik tibbiy qo‘lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko‘zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti «Remdesivir» va ming qutidagi «Geparin», 4 ming dona natriy xlor, shuningdek shprits va sistemalar mavjud», – deyiladi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
15:22 / 16.04.2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil etiladi
10:36 / 15.04.2026
Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026