Tojikiston Moliya vazirligi ma'lumotlariga köra, joriy yilning 1 oktyabr holatiga köra Tojikistonning taşqi qarzi 3 milliard 163 million dollarni taşkil etgan.
Joriy yil boşida Tojikiston taşqi qarzi 2 milliard 888 million dollarni taşkil etgan. Ötgan 9 oy mobaynida mamlakatning taşqi qarzi 275 million dollarga oşgan.
Ma'lum qilinişiça, taşqi qarzning 95 foizdan ortiği – 3 milliard 18 million dollardan köproq mablağ davlat buyurtmalarini bajarişga jalb qilingan. Taşqi qarz tarkibida davlat kafolati bilan olingan qarzlar 91,1 million dollarni, turli korxonalarning davlat kafolatisiz olgan qarzlari – 31,5 million dollarni taşkil etadi.
Tojikiston Milliy bankining Xalqaro valuta fondi, Xitoy va Islom taraqqiyot banki oldidagi qarzlari 22,5 million dollarni taşkil etadi. Joriy yil may oyida Xalqaro valuta fondidan jalb qilingan 189,5 million dollar kredit hisobiga Tojikistonning taşqi qarzi yanada ortgan.
Qöşni mamlakatning asosiy kreditori Xitoy hisoblanadi. Tojikiston bu davlatdan taxminan 1,2 milliard dollar qarz. Xalqaro moliya bozorlarida davlat zayomlarini (yevrobondlar) joylaştiriş hisobidan olingan qarzlar 500 million dollarni taşkil etadi. Bundan taşqari, Tojikistonning Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Xalqaro valuta fondi kabi xalqaro moliya taşkilotlaridan qarzlari bor.
Taqqoslaş uçun, Özbekistonning taşqi qarzi oxirgi ma'lumotlarga köra, 27,6 milliard dollarni taşkil etadi.












