2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida salbiy saldo saqlanib qoladi
2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 41 milliard 850,6 mln AQSh dollarini, shu jumladan, eksport hajmi 19 milliard 163,0 mln dollarni va import hajmi 22 milliard 687,6 mln dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Foto: Dreamstime
Hisob palatasi tomonidan «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi va 2021 yil uchun budjetnoma bo‘yicha xulosasi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakat eksport va import o‘rtasidagi salbiy saldo hajmi 3,5 milliard dollardan oshadi.
Hisob palatasi hisobotida ta'kidlanishicha, joriy yil yakuni bo‘yicha saldo 3,2 milliard manfiy natijani qayd etishi kutilmoqda. Xususan, 2020 yilda O‘zbekiston eksport hajmi 17 milliard 679,2 million dollar, importi esa 20,8 milliard dollarga teng bo‘lishi kutilyapti. 2021 yilda kutilayotgan tashqi savdo aylanmasi 41 milliard 850,6 million dollar bo‘lib, joriy yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan raqamdan 8,5 foizga o‘sish farq qiladi.
Shunga qaramay, eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2020 yilda mos ravishda 30,2 va 35,7 foizni tashkil etishi kutilayotgan bo‘lsa, kelgusi yili ham ushbu ko‘rsatkichda sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Bu YaIMning ham real o‘sishi 5,1 foiz prognoz qilinishi bilan izohlanadi.
Davlat statqo‘m ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yili mamlakat eksport hajmi 17 milliard 458,7 million dollar bo‘lib, shu import hajmi 24 milliard 292 million dollardan oshgan. Eksport va import o‘rtasidagi salbiy tafovut 6,8 milliard dollarni tashkil etgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
Mavzuga oid

17:11 / 26.11.2024
"JST bu – adolatli savdo tizimi" - Jamshid Qo‘chqorov

15:54 / 24.10.2024
Import avtomobillar Piskentdagi poligonda sinovdan o‘tkaziladi

18:23 / 08.10.2024
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti keskin qisqardi. Nega?

11:06 / 29.09.2024