Bu savolni tumanlarda yaşaydigan deyarli har bir odam xayolidan ötkazgan bölsa kerak. Uzilişlar yillar davomida asablarni qaqşatgaç, yuqoridagi savolga «tuyaning dumi yerga tekkanda» deya istehzoli javob qiladiganlar ham oz emas. Keling, umidsizlikka berilmasdan, muammo ildizini izlab köraylik.
Tösatdan elektr toki öçib, uy zimistonga aylansa, sodda xalqimizning eng «şirin» gapi şu: «Şu «svetçi»larga ham insof bersin». Afsuski, gap faqat elektr tarmoqlari korxonasining idorasida ötirib olgan tasavvurimizdagi «ajina»ning insofida emas.
Uzoq yillar davomida soha mutaxassislari tomonidan elektr ta'minotidagi uzilişlarga turliça omillar sabab sifatida körsatilgan bölsa ham, ana şu omillar bartaraf etilmadi.
Etilmadi deb işonç bilan aytişimizning sababi oddiy — çunki bugun ham elektr ta'minotida uzilişlar bor. Demak, mutaxassislar aytib kelgan omillar notöğri bölgan yoki bu omillarga yeçim ortga surib kelingan.
Öşa omillarni birma-bir sanab ötamiz. Avvalo ularning eng ommalaşgani xususida.
«Xalqning özi aybdor» deyişni töxtatiş kerak
Darhaqiqat, ötgan yillar davomida juda köp marta muammoga sabab sifatida xalqning özi aybdor qilib ham körsatildi: «Xalqimizda elektrdan foydalaniş madaniyati yöq, tejab-tergab foydalanmaymiz, uyni yoritiş uçun ham, isitiş uçun ham elektrdan foydalaniş oqibatida...»
Qiziği, hali ham mas'ullar içida sohada yillar davomida töplanib qolgan muammolarni tan oliş, ularni bartaraf etiş böyiça takliflarni ilgari suriş örniga xuddi yuqoridagi vajni körsatayotganlar ham bor.
Xususan, yaqinda Samarqandda elektr ta'minoti tizimidagi muammolarga bağişlangan tadbirda viloyatda «Milliy elektr tarmoqlari» mas'ul xodimi elektr uzilişlari sababi xususida xuddi şu fikrni bildirdi. Göyoki aholida boşqa tanlovlar, masalan, tabiiy gazdan foydalaniş imkoni bor-u, madaniyatsizlik qilib elektr toki işlatib, uni isrof qiladi. Qolaversa, bu gap dunyoning teng yarmida aholi konditsionerlardan foydalanayotgan asrda aytilyapti!
Boşqa tomondan, aytaylik, siz bozorda kartoşka sotib olyapsiz va sotuvçi sizga kartoşkadan madaniyat bilan, tejab-tergab foydalanişni talab qilyapti. Kulgili emasmi?
Elektr energiyasi ham biz pulimizga sotib olib iste'mol qiladigan mahsulotlardan biri. Qolaversa, aholi ham uni behudaga köçaga sovuradigan darajada ongsiz emas. Xullas, bu omilni soha vakillari allaqaçon röyxatdan öçirib taşlasalar ham böladi. Aholini ayblaşni bas qilaylik endi.
Qarzdorlik
Mavzuga oid
Elektr uzilişlariga sabab sifatida eng köp aytilgan muammolardan yana biri — debitor qarzdorlik edi. Sarflangan elektr energiyasi uçun töplanib qolgan milliardlab qarzdorlik sohadagi muammolar, jumladan, uzilişlarga asosiy sabab sifatida körsatib kelindi.
Qaysi tadbir yo uçraşuvda aholi elektr ta'minotidan gap oçsa, aynan aholi böynidagi tölanmagan ulkan qarz bilan «oğizga urildi».
Endi esa bu «bahona»ni ham röyxatdan bemalol öçiriş mumkin. Çunki iste'molçilarning katta qismi allaqaçon yangi — ASKUE tizimiga ötkazildiki, bu tizimda qarzdor bölişning imkoni ham yöq, iste'molçining puli tugasa, avtomatik tarzda elektr uzatiş töxtatiladi.
Yangi tizim yana bir narsani körsatib berdi: aholining katta qismi avtomatik tizimga ulangani holda ulkan qarzdorlik yöq bölib qolgan emas. Demak, aslida oldin ham aholi elektr pulini tölab kelgan.
Hozirda esa qarzdorlikka asosiy sabab sifatida korxona-taşkilotlar körsatib kelinmoqda. Tez orada ular ham avtomatik tizimga ötkaziladi albatta.
Ammo aftidan, bu bilan ham elektrdagi uzilişlar barham topib qoladiganga öxşamaydi. Çunki gap faqat amaldagi tizimning eskirganida emas. Yangi tizim imkoniyatlariga bir töxtalib ötgaç, muhokamani davom ettiramiz.
Avtomatik tizim bizga nima beradi?
Töğri, elektr energiyasi iste'molini avtomatik hisoblaş tizimi juda ham muhim. Çunki bu tizimda inson omili deyarli aralaşmaydi (har holda, şuni va'da qilişmoqda). Iste'molçining mablaği tugasa, yuqorida aytilganidek, elektr uzatiş ham töxtaydi.
Tarmoq xodimlari ofisda ötirib qaysi hududda avariya sodir bölganini monitordan kuzatib turişadi va öşa yerga avariya guruhi yuborişlari mumkin.
Hatto markaziy bazadan turib, qaysi hududda elektrdan öğrinça foydalanilayotganini ham köriş mumkin. «Aqlli» hisoblagiç, öğrinça foydalanilayotgan elektr energiyasini ham yozib boraveradi.
Samarqand viloyat HETK kompyuter bazasi monitori. Ekranda körinib turgan qora nuqtalar Samarqand şahrida avariya sodir bölgan hududlarni anglatadi
Umuman, yangi tizimning imkoniyatlari haqda juda köp va xöp gapirilgan, gapirilmoqda. Ammo hozirça kamçiliklar ham bor. Aytaylik, kiçik bir jarayon: ASKUE tizimida iste'molçining hisobida pul tugasa, masofadan turib hisobraqamga pul ötkaziş mumkinligi aytilgandi. Hatto qöl telefonidan turib.
Ammo yuridik iste'molçilar hali ham bu imkoniyatga ega emas. Siz korxonangizga yangi turdagi hisoblagiç örnatgan taqdiringizda ham puli tugasa, xuddi oldingi zamonlardagidek, elektr tarmoqlari korxonasiga borib, navbatingizni kutib, tölov qilişingiz kerak. Öşanda ham «svet» kelişini soatlab kutib qolişingiz mumkin.
Bu kamçiliklar yangi tizim töliq işga tuşsa bartaraf etilişi ma'lum qilinmoqda. Muammo şuki, yangi tizim qançalik köp muammolarga yeçim topmasin, uzilişlar baribir barham topmaydiganga öxşaydi.
Masalan, töliq ASKUE tizimiga ötgan Buxoro viloyatidan ham uzilişlar yuzasidan şikoyatlar hamon kelmoqda.
Unda muammo nimada?
Energetika vazirligining rasmiy saytini topib, elektr energetika tarmoği bölimiga kirsangiz, şunday jumla bilan boşlanadigan ma'lumotga duç kelasiz: «Özbekiston öz energetik resurslari hisobidan özining ehtiyojlarini töliq ta'minlovçi mamlakatlar qatoriga kiradi».
«Betgaçoparlik» uçun uzrku-ya, bu ğirt yolğon ma'lumot!
Özbekistonda işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi bugun iste'mol uçun yetmaydi. Bu aniq. Aynan yetmagani uçun ham mana bir neça yildirki, aholini elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun qöşni davlatlardan import qilinmoqda. Sönggi bir neça yilda uzilişlarning davomiyligi kamaygani ham şu — import yölga qöyilgani bilan boğliq.
Qolaversa, bu endi yaşiriladigan mavzu ham emas. Bugun soha rahbarlari hududlar uçun elektr energiyasi yetkazişda limit borligini ham aytişmoqda. Xususan, Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Ğanişer Mamatqulov ham yaqinda ötkazilgan matbuot anjumanida uzilişlarga sabablardan biri çeklov ekanini ma'lum qildi. Ammo bu çeklovlar bir soatdan oşmasligi aytilmoqda.
Agar 2015 yilda bu çeklovlar ayrim hududlarda 15 soat va hatto 20 soat ham bölganini hisobga olsak, nisbatan yaxşi özgariş. Ammo ba'zan bu «bir soat» amalda bir neça sutkalarga ham ulanib ketyapti. Buning ham sababi bor.
Demak, modomiki, elektr energiyasi işlab çiqariş sohasida köp yillar davomida OAVda bong urib kelingan ulkan loyihalar amalga oşmagan ekan, aholini uzluksiz elektr bilan ta'minlaş yöli hozirça import bölib qolaveradi.
«Bobomdan qolgan tarmoqlar»
Ammo import qilinayotgani holda ham uzilişlar köp ekanining yana bir sababi – butun mamlakatdagi elektr tarmoqlari va inşootlarining haddan taşqari eskirib ketganidir. Işlab çiqarilgan energiyaning katta qismi iste'molçiga yetib borgunga qadar uzatiş tizimlarida yöqotilmoqda.
Butun mamlakatda deyişimizning sababi, bugun barça viloyat tumanlarida yaşayotgan aholi öz mahallasidagi simyoğoçlarning avariya holatidan (yoki umuman simyoğoç yöqligidan) şikoyat qilmoqda. Juda köplab aholi punktlarida transformatorlar ham öz vazifasini bajarib bölgan.
Ming elektr işlab çiqariş yuqori bölmasin, energiya sarfini hisoblaşning XX asrga xos texnologiyalari kiritilmasin, 60-yillardan qolib ketgan eski simlar, simyoğoçlar va transformatorlar bilan aholini elektr bilan muntazam ta'minlaşning imkoni yöq.
Buni bilgan aksariyat mahallalarda allaqaçon fuqarolarning özi elektr tarmoqlari korxonasidan umidini uzib tarmoqlar tortişga, simyoğoçlar örnatişga va hatto yirik transformatorlar sotib olişga könikkan. Çunki qişloq joyda oddiy avariya sodir bölganda mutaxassis yubora olmagan elektr tarmoqlari korxonasidan yangi transformator söraş allaqaçon latifaga aylanib bölgan.
Aslida, eng katta muammolardan biri ham mana şu. Yuqoridagi kabi loyihalarga bir neça yuz million dollarlab mablağ ajratilmoqda. Hududlardagi eskirgan tarmoqlar esa bu zamonaviy texnologiyalar uçun sarflangan mablağni «oqlaş»ga imkon bermaydi. Ular har yomğir yoqqanda «paqqillab» uzilib ketyapti. Sovuq kunlarda zöriqqan transformatorlar yonib ketyapti.
Töğri, ehtimol eski tarmoqlar 30 yil davomida töplanib qolgandir. Ammo ularni yangilamay turib, energetika sohasidagi olamşumul loyihalar bilan maqtana olmaymiz, muammolarni ham bartaraf eta olmaymiz.