Poytaxtdagi eng asosiy dam oliş maskanlaridan biri sanaluvçi boğ Singapurning «BMP Smart Decision Private Limited» kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan.
Ustav fondi 700 dollar bölgan kompaniya kamida 10 mln dollar töğridan töğri investitsiya kiritib, u yerda «zamonaviy köngiloçar maskan» barpo etadi. Singapurda röyxatdan ötgan kompaniya ta'sisçisi – Şerzod Halimov ismli Özbekiston fuqarosi ekani ma'lum.
Sönggi oylarda «Ğafur Ğulom» boği örnida turar joy majmualari qurilişidan xavotirlar paydo böldi. Poytaxt hokimligi va Madaniyat vazirligi buni rad etib çiqqan.




Ayni paytda boğ hududida yengil konstruksiyali inşootlar demontaj qilinmoqda. Ammo bir neça yillardan beri şu yerda tadbirkorlik qilib kelayotgan bir neça tadbirkorlar bu işlardan norozi.
«Biz köp yillardan beri şu boğda işlab kelamiz. Şu orqali oilamizni boqamiz. Lekin qandaydir bir investor kelib, tayyor joyga investitsiya kiritişi bahonasida bizni köçaga haydaşmoqda. Biz qayerga boramiz?
Keyinçalik «ijaraga beramiz» deyişmoqda, lekin kafolat xati bergani yöq. Biz qanday işonamiz? Özimizning ham kuçimiz yetadi şu joyni obod qilib, zamonaviy qilib modernizatsiya qilişga. Lekin heç kim bizga aytgani yöq.
Özi karantin davrida işlamadik. Park yopib qöyilgan. Biz nima qilamiz endi, qayerga boramiz? Bizni heç kim eşitmayapti» – deydi tadbirkorlardan biri biz bilan suhbatda.

«BMP Smart Decision Private Limited» MÇJ direktori Otabek Mirzajonovning sözlariga köra, boğ rekonstruksiyasi tugallangaç, u yerda tadbirkorlik qiliş huquqi kimlarga berilişi tender asosida aniqlanadi.


















