Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi «Ğafur Ğulom» nomli madaniyat va istirohat boği örnida yangi turar-joy majmualari barpo etilişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Toşkent şahar hokimligi bunga munosabat bildirib, boği örnida turar-joy majmuasi qurilmasligini ma'lum qilgandi.

Şu bahona jamoatçilik boğ kimga, qaysi asosga köra berilganini ham bilib oldi. Şahar hokimligining munosabatida aytilişiça, umumiy yer maydoni 13,99 gektar bölgan «Ğafur Ğulom» nomidagi madaniyat va istirohat boği Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 avgustdagi 670-F-sonli farmoyişiga muvofiq, Singapurning «BMP Smart Decision Private Limited» kompaniyasiga zamonaviy köngiloçar maskan barpo etiş uçun ijara huquqi asosida 49 yil muddatga ajratib berilgan.

Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Singapurning «BMP Smart Decision Private Limited» kompaniyasi ta'sisçilariga oid ma'lumot tarqaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma'lum bölişiça, uşbu kompaniya Singapur davlatida röyxatdan ötkazilgan bölib, uning ta'sisçisi – Özbekiston Respublikasi fuqarosi, Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida yaşovçi Halimov Şerzoddir.

Kompaniyaning ustav fondi miqdori 1000 singapur dollari (taxminan 720 AQŞ dollari)ni taşkil qiladi. Kompaniya 2019 yil 13 fevralda ta'sis etilgan.

Xorijiy investor deya aytilayotgan kompaniyaning egasi asli Özbekiston fuqarosi ekani va kompaniya ustav jamğarmasi ön million sömga ham yetmasligi bu kompaniyaning jami 10 mln dollar töğridan töğri xorijiy investitsiya kiritişiga şubha tuğdirmoqda va jamoatçilikning e'tiroz va tanqidlariga uçramoqda.

Bundan bir yil avval, aynan öşa xorijiy kompaniya vakili sifatida özini taniştirgan Şerzod Halimov va Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning aholi bilan uçraşuvi boşqaça yakun topgandi. Ya'ni şahar hokimi istirohat boğini hokimiyat mablağlari evaziga ta'mirlatib, yangi qiyofani birgalikda yaratiş taklifini kiritgan. Şuningdek, «xalqniki bölgan boğ xalqda qolişi» ta'kidlangandi.

Oradan bir oz vaqt ötib, aytilgan sözlar unutildi va oçiq manbalarga joylaştirilmagan hukumat farmoyişi asosida boğ şubhali kompaniyaga taqdim etilmoqda. Singapurda yangi taşkil etilgan kompaniya qaysi mezonlar asosida tanlab olingani noma'lum.