Toşkent şahrida 6 noyabrdan boşlab bir oy davomida ötkazilişi rejalaştirilgan yoşlar festivali doirasida hokim va yoşlar uçraşuvi taşkil etildi. Unda Toşkent şahar hokimi yoşlarning savollariga javob berib, şaharning kelajagi haqida mulohazasini bildirgan.
«Toşkentda tibbiyot turizmini rivojlantiriş uçun imkoniyat bor. Bu yerda zavod, fabrika qurib boyib bölmaydi. Toşkentda zavod va fabrikalar qurganimiz bilan ularda işlaydigan işçi yöq», — degan u.
Festival boşlanişidan oldin ötkazilgan matbuot anjumanida hokim, mazkur tadbir yoşlar uçun madaniy hordiq çiqariş bilan birga, ularni hokimiyat bilan boğlovçi muhim tadbirlardan biri bölişiga umid bildirgandi.
«Prezidentimiz pandemiya davrida yaşaşga, işlaşga örganişimiz kerak, deb köp marta aytadilar. Covid qaçon ketadi, qaçon bu kasallikdan qutulamiz, bu yolğiz xudoga ayon. Bu yil yozi bilan yoşlarimiz uyda ötirdilar. Heç qanday tadbirlar taşkil qilinmadi. Karantin köpçilik yoşlarimizga salbiy ta'sir qildi», — deya qayd etgan u.
Ma'lum qilinişiça, festival texnologiyalar, ta'lim, sport va madaniyat kabi tört yönalişda ötkaziladi. Tadbirlarda 500 ming nafarga yaqin yoşlarni qamrab oliş rejalaştirilgan.
Oylik doirasida mahorat darslari, badiiy körgazmalar, ta'lim va sport tadbirlari, konsertlar, poytaxt böylab sayohat, turli tanlov hamda fleşmoblar bölib ötmoqda.












