Jahongir Ortiqxöjayevning sözlariga köra, mazkur festival yoşlar uçun madaniy hordiq çiqariş bilan birga, ularni hokimiyat bilan boğlovçi muhim tadbirlardan biri böladi.
«Prezidentimiz pandemiya davrida yaşaşga, işlaşga örganişimiz kerak, deb köp marta aytadilar. Covid qaçon ketadi, qaçon bu kasallikdan qutulamiz, bu yolğiz xudoga ayon. Bu yil yozi bilan yoşlarimiz uyda ötirdilar. Heç qanday tadbirlar taşkil qilinmadi. Karantin köpçilik yoşlarimizga salbiy ta'sir qildi.
Töğri, pandemiya davom etyapti, lekin juda ham çuqur himoyalanaversak, hayotimiz qoronğilaşib ketadi. Ayniqsa, yoşlarimizga qiyin böladi. Şuning uçun ular jiddiy bir harakatga loyiq deb öylayman. Albatta, bunda pandemiya şaroiti hisobga olinadi.
Eski hayotni sekin-asta yölga qöyişimiz kerak, degan qarorga keldik. Toşkentda hayotni yana jonlantiriş, yoşlarni faollikka boşlaşni maqsad qilganmiz. Juda katta dasturlar tayyorlaganmiz. Har bir kuningiz mazmunli ötişiga işonamiz.

Festivalda tadbirkorlar, obröli spikerlar biznes, psixologiya va boşqa yönalişlar böyiça yoşlar bilan muloqotlar ötkazişadi. Hammasi bepul böladi», – dedi u.
Şahar hokimi qabul kunlarida yoşlar uçun köproq vaqt ajratişini aytdi.
«Ularning muammolarni imkon darajasida hal qiliş, yoşlarga yöl körsatiş hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida qanday yordamimiz kerak bölsa, oz bölsa ham şu oyda ularga kömaklaşamiz, degan umiddamiz. Ya'ni hokimiyat bilan yoşlarni bir-biriga boğlovçi kuçni rivojlantirmoqçimiz.
Men yoşlarni hokimiyat bilan bir diapazonda gaplaşişlarini, bir-birlarini tuşunişlarini, xuddi bir oiladek harakatda bölişlarini çin dildan xohlayman. Şuning uçun biz barça kuçlarimizni işga solamiz.
Töğri, xodimlarimiz kam. Imkoniyatlar çegaralangan. Lekin imkon darajasidan ortiğini qilamiz, kamini qilmaymiz. Öylaymanki, hokimiyat yoşlarning eng sevgan uyiga, eng sevimli davlat idorasiga aylanadi», – dedi Jahongir Ortiqxöjayev.
Ma'lum qilinişiça, festival texnologiyalar, ta'lim, sport va madaniyat kabi tört yönalişda ötkaziladi. Tadbirlarda 500 ming nafarga yaqin yoşlarni qamrab oliş rejalaştirilgan.















