21 noyabr kuni FDG developerlik kompaniyasi barcha istaganlarni o‘zining beshinchi loyihasi – Manhattan biznes-klassidagi loyihasining taqdimotiga taklif qiladi.

21 noyabr kuni, Hamid Olimjon metro bekatining yonida Darxonda joylashadigan, Manhattan ko‘p funksional turar-joy majmuasining savdo bo‘limi o‘z eshiklarini ochadi. Ushbu loyiha Nyu-York shahriga xos erkinlik ruhi bilan boyitilgan bo‘lib, eng muhim bo‘lgan mezon- vaqtni saqlab qolishga qaratilgan. Uning infratuzilmasi yashovchilar o‘zlarining vaqtini tirbandlikka, kutishga, mashina qo‘yish uchun joy qidirishga sarflamasdan, qimmatbaho daqiqalarini oila a'zolari va yaqinlari bilan muloqot qilish bilan o‘tkazishlari mo‘ljallangan.

Manhattan loyihasi haqida

Manhattan KTJM uch qurilish fazasidan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos g‘oyasiga ega.

  • Manhattan Prime - bu shubhasiz qulaylik degani. Biznes-klass xonadonlari, vaqtlari qimmat turadigan, maqomdor insonlarga to‘g‘ri keladi.
  • Manhattan Central - bu, obod turar-joy majmuasining barcha afzalliklaridan va Toshkentning markaziy tumanidagi rivojlangan infratuzilmadan foydalanishni istagan, yosh tadbirkorlar va faol insonlarning yashash joyi.
  • Manhattan SOHO – toshkentlik yoshlarni o‘ziga tortadigan joy. Bu yerda galereyalar, restoranlar, kafelar, zamonaviy do‘konlar va oila hamda do‘stlar davrasida vaqtni maroqli o‘tkazish uchun qolgan barcha makonlarni topish mumkin bo‘ladi. Central Parkka olib boruvchi, piyoda yurish xiyoboni aynan gavjum SOHO orqali o‘tadi.

Infratuzilma: poytaxt markazining barcha afzalliklari

Manhattan KTJMda yashovchi insonlar, ofisgacha tirband yo‘llardan yetib borishga ulgurish uchun, ertaroq turishga majbur bo‘lmaydi. Safarlarga tez-tez borib turadigan ishbilarmon odamlar aeroport (avtomobilda 15 daqiqa) va "Toshkent" vokzalining (avtomobilda 10 daqiqa) yaqin masofada joylashganliklarini yuqori baholaydilar.

Yaqin masofada Central Park joylashgan bo‘lib, bu yerda oilangiz bilan sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va do‘stlar bilan hordiq chiqarish nihoyatda yoqimli. Parkning o‘zida madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlarning ko‘p o‘tkazilishi Manhattan turar-joy majmuasida inson hech qachon zerikmasligidan kafolat beradi.

Biznes-klassning ichki infratuzilmasi

Manhattan loyihasiga, shu bilan birga, mehmonxona, biznes-markazlar, tibbiy markaz, yugurish va veloyo‘lakchalar, kovorking-markazi kiradi. Ish, yashash va dam olish uchun mo‘ljallangan joylar bevosita yonma-yon joylashgan bo‘lib, band va ularga talab yuqori bo‘lgan insonlar doimo intiladigan, aynan o‘sha work-life balance muhitini yaratishga yordam beradi.