«O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi xabariga ko‘ra, vagonlar uzilgandan so‘ng harakat tarkibi Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettirib ketgan.
Qayd etilishicha, uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib, belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilish maqsadida 5 nafar noma'lum shaxs vagonga osilgan. Tezkorlik bilan mazkur holatni ko‘rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi tomonidan vagonga chiqqan noma'lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovoz to‘xtatilgan. Teplovoz to‘xtagan vaqtda ushbu noma'lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan.
«Hozirda mazkur noma'lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda», – deyiladi ma'lumotda.















