Majlisda yangi qonun bilan 11 noyabr – Kasaba uyuşmalari kuni deb belgilangani ma'lum qilindi. Qonunda kasaba uyuşmalari taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş, ularning samarali faoliyat yuritişini ta'minlaş va taşkilot fidoyi xodimlarini rağbatlantiriş nazarda tutilgan.
Ayni paytda federatsiya tarkibiga kiruvçi 14ta tarmoq kasaba uyuşmasi 32,5 mingdan ziyod boşlanğiç taşkilotlarni birlaştirgan.
Taşkilot a'zolari soni 5,5 millionni taşkil etib, ulardan 2,5 millioni ayollar hamda 2 milliondan ortiği 30 yoşgaça bölgan yoşlardir.
“Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi qonun bilan uşbu tuzilmalarga qöşimça huquqlar berilgan. Kasaba uyuşmalari ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni tuzişda qatnaşiş, bandlik, mehnat muhofazasi masalalarida özlarining fikrlarini davlat organlariga taqdimnoma şaklida kiritiş kabi huquqlarga ega.
Ma'lumot uçun, ayni damda respublikada qonun bilan tasdiqlangan 25ta bayram belgilangan bölib, 9tasi dam oliş kunlari, 16tasi esa dam olmasdan nişonlanadigan kasb bayramlaridir.
Bu kabi bayramlar Avstriya, AQŞ, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Şveytsariya kabi davlatlarda, şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston kabi MDH davlatlarida nişonlab kelinmoqda.
















