Iminovga köra, bizda ta'lim-tarbiya, millatning tarbiyasi masalasidagi ayrim jihatlar ma'lum bir nuqtaga (söng nuqta nazarda tutilgan – tahr) yetib kelgan.

«Ta'limda köp narsani körib körmaganga, bilib bilmaganga olib yurganimiz bilan qanaqa avlod şakllanganini rahbariyat ham biladi, buni ular qayta-qayta ta'kidlayapti.

Şunday avlod şakllanib qolgan. Men hali reproduktiv salomatlik, jinsiy tarbiya borasidagi bilimlarga töxtalmayapman.

Ta'lim-tarbiya, öquv muassasalaridagi moddiy texnik baza... Biz köpinça Afğonistonni misol qilib keltiramiz. Ha, Afğonistonda 40 yildan beri uruş, u yerdan butun boşli avlodlar çiqib ketdi, tinçlikda yaşamagan, ta'lim olmagan yoki tarbiyani olmagan avlod böldi, deymiz. Lekin yillar davomida özimiz ham zamonaviy bilim beriş tizimidan uzilib qoldik-ku. Biz zör dedik-da, hamma imkoniyatni oliy ta'limga taşladik. Oliy ta'lim, oliy ta'lim dedik, lekin şu oliy ta'lim emasmi korrupsiya maydoniga aylangan. Bilasizlar-ku buni juda yaxşi», – degan qömita raisi bugun, 19 noyabr kuni ötgan qömita yiğilişida.

Odiljon Iminov öz nutqida özbekistonliklar uçun oliy ta'lim muassasalariga kiriş yillar davomida faqat elita qatlamga xos degan tuşunça bölgani haqida ham gapirgan.

«Oliy ta'limda faqat elita qatlam bolasi öqidi. Odamlarda ham oliy ta'limda elitaning bolasi öqiydi, degan fikr şakllandi. Uning (oliy ta'lim muassasalarining – tahr.) ommaviyligi yöqoldi. Ommaviylik yöqolgandan keyin, kuçlilar çiqmay qöydi. Axir, saralanganning içidan ham bitta, ikkita kuçli çiqadi xolos».

Şu fikrlarni aytarkan, senator yiğiliş iştirokçilariga «töğrimi yo notöğrimi?» deya savol bilan yuzlangan. Atrofdagilar esa uning gaplarini «töğri, töğri, degan sözlar va işoralar bilan tasdiqlagan.

«Odamlarning içida, millatning içida bilim, saviya bölsa, keyin undan millat kötarilib çiqadi-da. Ta'lim va soğliqni saqlaşdagi mana şu masalalarni pandemiya şundayligiça körsatib berdi. U biz qaysi holatda ekanligimizni oçib berdi. Mana endi tibbiyotga ham e'tibor qaratilyapti, endi buni susaytirmaslik kerak», – deya Odiljon Iminovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.