Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Turkistonda Qozoğiston hukumati rahbari Asqar Mamin bilan uçraşdi.

Abdulla Aripov va Asqar Mamin savdo-iqtisodiy, investitsiya, qişloq xöjaligi, suv-energetika, transport-logistika, bojxona sohasidagi hamkorlik, şuningdek sanoat kooperatsiyasi va mintaqalararo özaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildi. 

«Özbekiston va Qozoğiston örtasida 2020-2022 yillarda hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasi, tovarlarni taqsimlaşning mintaqaviy tizimi, Qozoğiston-Özbekiston çegarasida Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini yaratiş, çegara-bojxona postlarini modernizatsiya qiliş va boşqa masalalarga alohida e'tibor qaratildi», – deya xabar berdi Qozoğiston hukumati matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, Özbekiston Qozoğistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy savdo şerigi hisoblanadi. 2019 yil yakuni böyiça özaro tovar ayirboşlaş hajmi 21,2 foizga ösib, 4,5 milliard dollarni taşkil etdi. 

«Tomonlar savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkaziş niyatida», deyiladi ma'lumotda. 


 
Hukumat rahbarlari Turkistonda «Turkistan Textile» töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça Qozoğiston-Özbekiston qöşma korxonasining oçiliş marosimida ham qatnaşdi.