Uşbu mablağ sun'iy intellekt va kosmik mudofaa loyihalarini moliyalaştirişga sarflanişi közda tutilgan.
Ayni damda Britaniya Mudofaa vazirligining yillik budjeti 40 milliard funt sterlingni taşkil etadi. Tört yil davomida 16,5 milliard funt sterling bölib ajratilişi esa mudofaa budjeti xarajatlari 10 foizga oşadi degani.
«Bu sarmoya qurolli kuçlarimizni modernizatsiya qiliş, global ta'sirimizni kuçaytiriş, birlaşiş va mamlakatimiz saviyasini kötariş, yangi texnologiyalarni joriy etiş, öz xalqimiz va turmuş tarzimizni himoya qilişga qaratilgan», degan Boris Jonson.
Bu sönggi 30 yil içida Britaniya mudofaa sohasiga kiritilgan eng katta sarmoya hisoblanadi. Uşbu sarmoya Britaniya mudofaa sanoatida 40 mingta yangi iş örni yaratişi kutilmoqda.
Boris Jonsonning fikriça, Buyuk Britaniyani bu loyihani amalga oşiriş orqali Yevropa davlatlari orasida mudofaa xarajatlari böyiça yetakçiga aylanişi, NATOda AQŞdan keyin ikkinçi öringa olib çiqişiga amin bölmoqda.












