Senatning töqqizinçi yalpi majlisida nikohlanuvçi yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş samaradorligini oşiriş töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovini yuboriş haqidagi masala körib çiqildi.
Majlisda Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi örinbosari Dilorom Toşmuhamedova parlament sörovini yuborişdan oldin olib borilgan örganişlar haqida ma'lumot berdi.
«Sönggi bir neça yilda oilaviy ajraşişlar soni köpayib bormoqda. Oilaviy turmuşda şaxslararo munosabatlarning buzilişi, bepuştlik, oila a'zolarining kasal bölişi, nogiron bolalarning tuğilişi – muhim sabablardan biridir. Ajraşişlarning 60 foizidan ortiği 6 yilgaça yaşagan oilalar bölib kelyapti. Aksariyat ajraşişlar aynan yoşlar oilalarida bölmoqda.
Globalizatsiya jarayonlari yoşlarimiz salomatligiga öz ta'sirini körsatmay qolmayapti. Bugungi kunda soğliqni saqlaş tizimida yoşlarimizda qanday muammolar bor? Afsuski, soğliqni saqlaş tizimidagi ba'zi bir kamçiliklar, yoşlarimizning tibbiy madaniyati sustligi natijasida onalar va gödaklar ölimi körsatkiçlari, onalar ölimi körsatkiçlari sönggi yillarda kamayayotgani yöq. Nuqsonli gödaklar tuğilişi ösib bormoqda.
Yoşlarning nikohdan oldin tibbiy körikdan ötiş tartibi joriy qilinganiga qaramasdan 2019 yilda 2017 yildagiga nisbatan 1 yoşgaça nogironligi bölgan bolalar sonining ösişi 110,5 foizni taşkil etmoqda», deya Dilorom Toşmuhamedovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mamlakatimizda har yili örtaça hisobda 300 mingdan ziyod nikoh qayd etilayotgan bölsa, 600 mingdan ortiq kişi nikoh oldi tekşiruvidan ötadi.
Nikohdan ajralişlar soni yoşlar orasida barqaror ösib borib, 2015-2019 yillarda jami 29,3 mingtadan 31,4 mingtagaça oşdi. Oilaviy ajralişlarning sabablari özaro şaxsiy munosabatlardagi kelişmovçiliklar, bepuştlik, nogiron bolalar tuğilişi, er yoki xotinning surunkali kasalligi bilan ham boğliq.
Soğliqni saqlaş tizimidagi ayrim kamçiliklar, yoşlarning tibbiy madaniyati darajasi yetarli emasligi sababli 2019 yilda 3357 nafar, 2020 yilning 6 oyi davomida 4075 nafar bir yoşgaça gödaklar ölimi qayd etilgan. Bu holatga irsiy kasalliklar hamda yaqin qarindoşlar örtasida tuzilgan nikoh ham sabab hisoblanadi.
Aynan şunday vaziyatlarga barham beriş maqsadida Özbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq nikohlanuvçi şaxslarning tibbiy körikdan ötiş hajmi va tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Şu maqsadda 2003 yil 23 avgustda hukumatning «Nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 365-sonli qarori qabul qilingan.












