Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga gumanitar yordamning uchinchi partiyasini yetkazib berdi
Qo‘shni davlatda mobil shifoxona barpo etish uchun O‘zbekistondan Qirg‘izistonga, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati ko‘magida, ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarining ikkinchi partiyasi yetkazib berildi.
200 o‘ringa mo‘ljallangan 40ta shifoxona konteynerlar ortilgan poyezd «Bishkek-1» temir yo‘l stansiyasiga yetib bordi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi v.b. boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘iz Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili va «Qirg‘iz temir joli» davlat korxonasi bosh direktori kutib oldi.
Uchrashuv davomida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi v.b. hamda «Qirg‘iz temir joli» davlat korxonasi bosh direktori o‘zaro hamkorlik va ikki davlat temir yo‘llarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan birodar qirg‘iz xalqini qo‘llab-quvvatlash aksiya tadbiri doirasida Qirg‘izistonga 3000 tonna bug‘doy va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning bitta partiyasidan iborat gumanitar yuk yuborilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026