Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng ishonchli avtomobillar ma'lum qilindi
AQShning Consumer Repors nashri tahlilchilari dunyodagi eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchi brendlar reytingini tuzishdi. Reyting yetakchisi Mazda yapon kompaniyasi bo‘ldi.
Mazda maksimal 100 balldan 83 ball oldi. Ekspertlarning talqiniga ko‘ra, kompaniyaning eng ishonchli modellari MX-5 Miata, CX-30, CX-3 hisoblanadi.
Reytingda 2-o‘rinni yana bir yapon kompaniyasi - Toyota 74 ball bilan egalladi. Mutaxassislar kompaniya ishlab chiqaruvchi Prius, Corolla va Prius Prime modellarini eng ishonchli deb topishgan. Yetakchi uchlikka Lexus kompaniyasi kirgan. Kompaniyaning UX, NX va GX modellari eng ishonchli mashinalar deb e'tirof etilgan.
Yuqori o‘ntalikka Buick, Honda, Hyundai, Ram, Subaru, Porsche va Dodge brendlari ham kirgan.
Reyting 330 ming haydovchi oxirgi yil ichida mashinalari bilan yuz bergan muammolar haqida bergan ma'lumotlar, mashinalarning poligondagi sinovlari davomida olingan ma'lumotlar, haydovchilarning o‘z mashinalaridan qoniqqanligini bilish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari va mashinaning xavfsizligi haqidagi ma'lumotlarga asoslangan.
Mavzuga oid
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
07:52 / 09.12.2025
Toyota yetakchi, BYD shiddat bilan yaqinlashmoqda: dunyo avtobozori reytingi
09:00 / 15.11.2025