Ta'kidlanişiça, şu yilning 10 oyi davomida «Toşkent» Respublika fond birjasidagi savdo yakunlariga köra, 96ta kompaniyaning qimmatli qoğozlari bilan 421,1 milliard sömlik 30 ming 489ta bitim qayd etildi. 2019 yilning şu davrida 376,3 milliard sömlik 25 ming 305ta bitim amalga oşirilgan bölib, bitimlar soniga köra, 20,5 foizga, pul hajmiga köra esa 12 foizga ösiş kuzatilmoqda.

«Joriy yil 10 oyi davomida 41 ta aksiyadorlik jamiyatning qimmatli qoğozlari fond birjasi kotirovka varağiga kiritilgan bölsa, 2019 yilning şu davrida atigi 23ta emitent kiritilgan edi. 2020 yilning oktabr oyi oxiri holatiga köra, 133ta aksiyadorlik jamiyatning qimmatli qoğozlari birja savdo maydonçasida harakatlanmoqda, bu avvalgi yildan 25 foizga köp demakdir», — deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq, jurnalistlar uçun taşkil etilgan anjumanda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi boşqarma boşliği Şerzod Egamberdiyev yirik bitim tuzilişida minoritar aksiyadorlarning huquqlarini ta'minlaş maqsadida joriy etilgan yangi tartib haqida ma'lumot bergandi.