HAMAS harakatining yuqori lavozimli vakili Sami Abu Zuhri Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning Saudiya Arabistoniga yaşirinça taşrif buyurgani töğrisidagi xabardan söng qirollikdan izoh talab qildi. Bu haqda The Times of Israel naşri yozmoqda.
Naşrning yozişiça, u bu taşrifni falastinliklarning "haqoratlanişi" deb baholagan.
Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo bilan birga Saudiya Arabistoniga borgani töğrisida xabar bergandi.
Xabarda aytilişiça, Neom şahrida bölib ötgan uçraşuvda «Mossad» rahbari Yosi Koen va Saudiya Arabistoni merosxör şahzodasi Muhammad ibn Salmon Ol Saud iştirok etgan.
Kan naşrining yozişiça, Netanyaxu Neom şahriga boriş uçun biznesmen Ehud Angelning şaxsiy samolyotidan foydalangan. U ötgan yili Ummondagi muzokaralarga ham xuddi şu samolyotda borgandi.
Öz navbatida Pompeo Saudiya Arabistoni merosxör şahzodasi bilan uçraşuv ötkazganini ma'lum qilgan, ammo Netanyaxu ismini tilga olmagan.











