Imzolangan memorandumda har ikki mamlakat oliy öquv yurtlari örtasida hamkorlik qiliş, jumladan, öquv materiallari bilan almaşiş, ta'lim tadbirlarida har ikki mamlakat mutaxassislarining özaro iştirokini ta'minlaş, ilmiy-tadqiqot işlarida özaro hamkorlik qiliş va ilmiy jurnallarda naşr va maqolalarni birgalikda tayyorlaş şartlari hamda tartibi belgilandi.

Ta'lim sohasida hamkorlik qiliş va ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari örtasida aloqalarni yanada kengaytiriş böyiça kelişuvga Özbekiston hukumati delegatsiyasining Afğonistonga şu yilning oktyabr oyida amalga oşirilgan taşrifi çoğida erişildi.

Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi huzurida Afğoniston fuqarolarini öqitiş ta'lim markazi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Afğoniston fuqarolarini öqitiş markazi faoliyat yuritmoqda. 2018-2019 öquv yili davomida markazda 96 nafar talaba “Özbek tili va adabiyoti” yönalişi böyiça tahsil olib, barçasi Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining bakalavri darajasiga ega bölişdi.

Hozirgi kunda markazda 172 nafar, jumladan, “Özbek tili va adabiyoti” yönalişi böyiça 119 nafar, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yönalişi böyiça 35 nafar, “Akuşerlik, ginekologiya va hamşiralik işi” yönalişi böyiça 18 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bundan taşqari, şu yilning dekabr oyida Afğonistondan 10 nafar talabaning Yevropa ittifoqi kömagi va moliyalaştirişi asosida qişloq xöjaligi yönalişida tahsil oliş uçun kelişi rejalaştirilgan.