Baxmal tumanidagi kutubxona ochilish marosimida yosh qizchalar sovuqda dildiratib qo‘yildi
Kommunistlarga xos odatdan mas'ullarimiz negadir qutila olishmayapti. Qayerdadir nimadir yangi obekt ochilsa, va'z o‘qilishi va lenta qirqilishidan oldin, albatta, (negadir!) qizaloqlar qator qilib qo‘yilishi kerak. Yozning jaziramasi bo‘ladimi, qishning qahratoni bo‘ladimi — farqi yo‘q!
Yaqindagina Andijon shahridagi 43-maktab o‘quvchilari targ‘ibot tadbiri doirasida yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, direktor va uning o‘rinbosari ishdan olingan edi.
Endi esa Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yosh avlodning ma'naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san'atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor berish doirasida ochib berilgan Axborot-kutubxona markazi oldida qizaloqlar qator qilib qo‘yildi (arxiv). Albatta, atlas qo‘ylak, negadir o‘g‘il bolalar do‘ppisida — yupun kiyimda!
Ularning qarshisida palto va telpakka o‘ranib olgan qariyalar. Shimoliy koreyachasiga tushirilgan suratlardan ko‘rinib turibdiki, barcha xursand!
20 noyabr, shanba kuni Baxmal tumanida ob-havo qanday bo‘lganiga qiziqamiz va arxivga murojaat qilamiz. Kechasi –11 daraja sovuq, kunduzi eng «isigani» –2 daraja sovuq bo‘lgan. Suratlardan tadbir ertalab tushgacha bo‘lgani inobatga olinca, havoning harorati –4 darajadan yuqori emasligini gumon qilish mumkin.
1602 nomda 10427 nusxada zaxiraga ega kutubxonaning ochilish marosimida kimlar ishtirok etgani, tadbirga qizaloqlarni qayerdan va kim chaqirgani haqida so‘z bormagan.
Sh.Shokirjonov
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

17:43 / 27.02.2025